Maktab yangiliklari

Yangiyo‘lda xalqlar do‘stligi kuni nishonlandi

Mamlakatning eng katta boyligi – unda yashovchi xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik, tinchlik va totuvlikdir. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari Vatan ravnaqi yo‘lida yashab, mehnat qilib kelmoqdalar. Hozirgi kunda joylarda 200 dan ziyod milliy madaniy markazlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Xalqlar doʻstligi bu har kunlik hamkorlik, hayot tarzi, ijtimoiy adolat va hamfikrlikni qaror toptirishga qaratilgan uzluksiz harakatdir.

Bizni madaniyat, anʼanalar, urf-odatlar, tillar yaqinligi, ko‘p asrlik do‘stlik va o‘zaro hurmat bog‘lab hamda birlashtirib turadi. Millatlararo tinchlik hamda totuvlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatdan muhimroq narsa yo‘q: faqat birlashish orqali biz dunyoni mukammal qila olamiz!

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni mamlakatimisda keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan Yangiyo‘l shahrida ham bayrm tadbiri bo‘lib o‘tdi. 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi.

Dostlik bayrami
Dostlik bayrami
Dostlik bayrami
Dostlik bayrami
Dostlik bayrami
Dostlik bayrami