Maktab yangiliklari

“Bayrog‘im-faxrim” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz bayrogʻi yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzidir. Shu bois ham u qalbimizga tuganmas iftixor, milliy gʻurur tuygʻularini bagʻishlaydi. «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida»gi qonunda Davlat bayrogʻini asrab-avaylash tartib-qoidalari mustahkamlab qoʻyilgan. Vatan bayrogʻini koʻzga toʻtiyo qilib, uni asrash har birimizning burchimizdir.

18-noyabr kuni tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Yangiyo‘l shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar dablatimiz bayrog‘ini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar tarannum etishdi.

Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i
Davlat bayrog‘i