Maktab yangiliklari

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi nishonlandi

Joriy yilning 19-noyabr kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlandi.

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisidir. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish orqali xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yo‘lida o‘z hayotini baxsh etgan fidoyi inson.

Tadbirda teatr bo‘limi o‘quvchilari tomonidan Maxmudxo‘ja Behbudiy hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari tomosha qilindi, mumtoz kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Behbudiy
Behbudiy
Behbudiy
Behbudiy
Behbudiy