Maktab yangiliklari

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Yurtimizda 2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — har bir fuqaro va tashkilotda yong‘in xavfsizligi choralarini mustahkamlash, xavfsizlikka oid qoidalarni eslatish va yong‘inlardan himoya qilish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishga qaratilgan.

Joriy yilning 16-dekabr kuni 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida favqulotda vaziyatlarni oldini olish va bunday xodisalar sodir bo‘lganda ularni bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Maktabga Yangiyo‘l shahar FVB xodimlari: kapitan X.Artikbayev, katta leytenant U.Xursandov va oddiy askar B.Ergashevlar tashrif buyurdilar va targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etishdi.

Hammamiz birgalikda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shamiz!

Yong‘in xavfsizli oyligi
Yong‘in xavfsizli oyligi
Yong‘in xavfsizli oyligi
Yong‘in xavfsizli oyligi