Bu yilgi bayram shukuhi har yilgidan o‘zgacha kayfiyat baxsh etmoqda. Ko‘ngillarga yangi orzu-umidlar bilan kirib kelayotgan yangi yil archalarning o‘rnatilishi, ko‘rkam qilib bezatilishi bilan boshlanadi. 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zaliga o‘rnatilgan yangi yil archasi barchaning ko‘ngliga bayram kayfiyatini ulamoqda.
Maktabda joriy yilning 23-dekabr kuni “Yangi yil sarguzashtlari” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan konsert zali sahnasida o‘quvchilar ijrosida quvnoq kuy va qo‘shiqlar yangradi.