Joriy yilning 14-fevral kuni maktabimizda buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo – ikki boqiy meros” nomli adabiy-musiqiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar, g‘azal va ruboiylar ifodali tarzda o‘qildi. Shuningdek, mumtoz kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, ularning adabiyot va davlat boshqaruvidagi ulkan xizmatlari haqida ma’lumotlar berdilar.
Konsert dasturi o‘quvchilarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat va ma’naviy boylikka intilish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.