Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkazilgan “Zvezda” xalqaro tanlovida maktabimizning fortepiano bo‘limi o‘quvchilari R. Nemetullayeva va J. Azimjanov muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va faxrli 1- va 2-o‘rinlarni egallashdi. O‘qituvchilar: Sh. Mirzaxolova, I. Mavjudova.
Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.