Maktab yangiliklari

Maktabimiz o‘quvchilarining yutuqlari

Mart oyi maktabimiz o‘quvchilari uchun g‘alabalarga boy oy bo‘ldi.

Joriy yilning 22-mart kuni V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida “Music and art competition” jamoat fondi tomonidan “Tashkent International Talent Competition” nomli Xalqaro musiqa va san’at tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovda makabimiz o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Natijalar bilan tanishing:

Fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha:

Gran Pri - Volodin Danil.

1-o‘rin - Abdurasulova Aynura, Muradosilov Ervin, Toshpo‘latova Sabinabonu, Zinnurova Yasina.

2-o‘rin - Azimbayeva Kamola.

Estrada xonandaligi yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin - Farxutdinova Shaxina.

Shuningdek, o‘quvchilarimiz 23-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Buyuk ipak yo‘lida yulduzlar nuri” IV xalqaro yosh ijrochilar festivalida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. D. Volodin, Sh.Yetmishaliyev va A. Xabib 1-o‘rinni, T. G‘iyosaliyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.