Toshkent viloyati Yangyio‘l shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari ishtirokida, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va madaniyat sohasi xodimlari o‘rtasida jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida, viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi xodimlar va yoshlar o‘rtasida voleybol sport musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasining 2026-yil 31-martdagi 35-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 2-aprel kuni voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Hakamlar Yangiyo‘l shahar sport maktabi murabbiysi Munavvarova Z. va BMSM direktori Z.U.Xasanbayeva.
G‘olib jamoa a’zolari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.