Maktab yangiliklari

Abdulla Oripov 85 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 7-aprel kuni maktabimizda xalqimizning atoqli va ardoqli shoiri, 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripovning 85 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilar Abdulla Oripovning boy ijodiy merosini yana bir bor yod etgan xolda shoir she’rlaridan parchalar ijro etdilar va ustozni yodga oldilar.