Maktab yangiliklari

Yangi yutuqlar!

Joriy yilning 15-17-may kunlari Toshkent shahrida xalqaro ko‘pjanrlik “ЗВЕЗДА” ko‘rik tanlov-festivali boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlov-festivalda maktabimiz o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Fortepiano bo‘limi o‘quvchisi Toshpo‘latova Sabinabonu faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi Tursinova Marxabo Xaydaraliyevna.

Estrada xonandaligi bo‘limi 1-sinf o‘quvchisi Patsiadi Gulsina faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi Sharaxmedova Gulnoza Xikmatovna.

Iqtidorli o‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusida ijodiy parvozlar tilaymiz.