Maktab yangiliklari

Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat

2026-yil 22-sentabr kuni Yangiyo‘l shahar 3-sonli DMTMda Tinchlik kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Yangiyo‘l shahar 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘qituvchilari hamda iqtidorli o‘quvchilari ham faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan tinchlik, osoyishtalik, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning ijodiy chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, tinchlik va osoyishtalik inson hayotidagi eng bebaho ne’matlardan biri ekanini yana bir bor yodga soldi.

Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, mehr-oqibat, do‘stlik va o‘zaro hurmat kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiyo‘l shahar 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi kelgusida ham ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etishga munosib hissa qo‘shadi.