Yangiyo‘l shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yangi o‘quv yilining ta’lim jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Maktabda o‘quvchilarning musiqiy va badiiy bilimlarini mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dars mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarini ham izchil takomillashtirib bormoqdalar.
Fortepiano, torli va xalq cholg‘u asboblari, xoreografiya hamda boshqa yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar belgilangan o‘quv dasturlari asosida olib borilmoqda. O‘qituvchilar har bir o‘quvchining qobiliyati va qiziqishini inobatga olgan holda, ularning ijrochilik mahoratini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Dars jarayonlarida o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sahna madaniyati, ijro mahorati va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham muhim o‘rin tutmoqda.
Maktab jamoasi yangi o‘quv yilini yuqori maqsad va rejalar bilan boshlagan holda, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va kelgusida san’at sohasida o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.