Maktab yangiliklari

Yetmishaliyev Sharifjon xalqaro tanlov g‘olibi!

Joriy yilning 23 – 25-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Iste’dodli bolalar” Xalqaro innovatsion jamoat birlashmasi tomonidan uyushtirilgan “World music collection” V ko‘pjanrlik xalqaro ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda Yangiyo‘l shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xalq cholg‘ulari bo‘limi qashqar rubobi sinfi o‘quvchisi Yetmishaliyev Sharifjon mufavvaqiyatli ishtirok etib faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchi N.M.Usmonova, jo‘rnavoz D. D. Tolibjonova.

Maktab ma’muriyati iqtidorli o‘quvchini va uning pedagoglarini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etib yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.

Tanlov
Tanlov