O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2025-yil 6-noyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovini o‘tkazildi.
Shuningdek, ushbu o‘yin 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ham bo‘lib o‘tdi. O‘yinda ishtirok etishgan ikkita guruh yani “Chaqqonlar” va “Pressto” guruhlaridan eng ko‘p savollarga javob bergan “Pressto” guruhi g‘olib deb topildi.